Mamlakatimizda “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida” gi qarori qabul qilingan. Jumladan hukumat qarori bilan 2020-2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturi tasdiqlandi.
Bugun Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida O‘zbek adabiyotining yirik namoyandalaridan biri Abdulla Qodiriyning 130 yilligi hamda „O‘tkan kunlar“ romanining 105 yilligi yuzasidan ichki ichlar tizimining faxriy ustozi, Qodiriyshunos, nafaqadagi podpolkovnik To‘lqin Sadullaev hamda Abdulla Qodiriy nevarasi Sherkon Qodiriy tashrif buyurib, boshlang‘ich kasbiy tayyorgarlik o‘quv kursi tinglovchilari bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
To‘lqin Sadullaev so‘zga chiqib „O‘tkan kunlar“ romanining maʼno mundarija doirasi nihoyatda keng. Unda xilma-xil insoniy taqdirlar, ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy-axloqiy, oilaviyishqiy muammolar qalamga olingan. Biroq ular orasida yurtning, millatning taqdiri, mustaqilligi masalasi alohida ajralib turadi. Binobarin el-yurtning mustaqilligi, birligi masalasi romanning asosini tashkil etadi. Asarning bosh qahramonlari Otabek va Yusufbek hojilar shu yurt istiqloli, farovonligi, osoyishtaligi yo‘lida hayotini, jonini tikkan fidoyi kishilardir.
- Kishining madaniyati uning kitobida aks etadi. Kitobxonlik oiladagi muhitga ham bog‘liq. Ma’rifatli oilalarda kitobga e’tibor farzandlar tarbiyasida qo‘l keladi. Inson o‘zining fikrlash qobiliyati, ma’naviyat dunyosi bilan tirik. Odamni boshqa mavjudotlardan ajratib turuvchi omillardan biri ham uning ma’naviyati hisoblanadi – deydi Sherkon Qodiriy
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot markazi