“Zukko kitobxon” – bilim va tafakkur bellaşuvi!

18.11.2026 24 marta ko'rilgan

O‘zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish institutining Jizzax filialida tinglovchilar o‘rtasida “Zukko kitobxon” ko‘rik-tanlovi tashkil etildi.

Ko‘tarinki ruhda va qizg‘in bahs-munozaralar asosida o‘tgan tanlovda tinglovchilar o‘zlarining kitobxonlik madaniyati, bilim saviyasi, teran tafakkuri hamda zukkoligini namoyon etdilar.

Bellashuv yakunlariga ko‘ra, g‘olib jamoalar aniqlanib, munosib taqdirlandilar.

Mazkur tanlov tinglovchilar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, mutolaa qilishga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda intellektual salohiyatni rivojlantirishga xizmat qildi.