16 nafar profilaktika inspektorlari dron boshqarish bo‘yicha maxsus kursni tamomladi

07.11.2026 37 marta ko'rilgan

Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida ichki ishlar organlari profilaktika bosh inspektorlari uchun uchuvchisiz uchish apparatlarini boshqarish bo‘yicha maxsus kasbiy tayyorgarlik o‘quv kursi muvaffaqiyatli yakunlandi.

Axborot texnologiyalari sikli o‘qituvchilari tomonidan olib borilgan mashg‘ulotlar davomida tinglovchilarga uchuvchisiz uchish apparatlarining texnik imkoniyatlari, ularni boshqarish tartibi hamda xizmat faoliyatida qo‘llash usullari bo‘yicha nazariy bilimlar berilib, amaliy ko‘nikmalar shakllantirildi.

Kurs yakunida tinglovchilarning nazariy bilimlari va amaliy ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazildi. Belgilangan talablarni muvaffaqiyatli bajargan xodimlarga tegishli sertifikatlar topshirildi.