Xizmat intizomi, qonuniylik va ta’lim sifati — doimiy e’tiborda
Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti boshlig‘i, polkovnik Olimjon Axmedov raisligida Institut hamda uning filiallari xodimlari ishtirokida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish davomida tizimda xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlash, ijro intizomini ta’minlash, ta’lim sifatini yanada oshirish hamda xodimlar tomonidan xizmat vazifalarini bajarishda qonunchilik talablariga qat’iy rioya etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Muhokama etilgan masalalar yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar belgilanib, ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.
Bundan tashqari, ichki ishlar organlarining ma’muriy binolari va xizmat xonalarini, shuningdek, xodimlar xonadonlarini kuz-qish mavsumiga puxta tayyorlash, isitish tizimlarining texnik sozligini ta’minlash hamda mavsumni xavf-xatarlarsiz va betalafot o‘tkazish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Yig‘ilish yakunida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi, har bir xodimning xizmat faoliyatida intizom, qonuniylik va mas’uliyat tamoyillariga qat’iy amal qilishi muhimligi qayd etildi.