IIV Malaka oshirish institutida Prezident qarori ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi
Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari, polkovnik Diyorbek Sattarov ishtirokida IIV Malaka oshirish institutida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-avgustdagi “Ichki ishlar organlari uchun professional kadrlarni tayyorlash tizimini transformatsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Yigʻilishda professional kadrlarni tayyorlash tizimini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish, taʼlim jarayoniga ilgʻor yondashuvlarni joriy etish, xodimlarning kasbiy bilim va amaliy koʻnikmalarini rivojlantirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Shuningdek, qaror talablaridan kelib chiqib, Malaka oshirish institutida amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar koʻrib chiqilib, mavjud vazifalarning ijro holati tahlil qilindi.
Muhokamalar yakunida belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish, taʼlim samaradorligini oshirish hamda zamonaviy bilim va amaliy koʻnikmalarga ega yuqori malakali professional kadrlarni tayyorlash yuzasidan masʼullarga tegishli koʻrsatmalar berildi.