IIV Malaka oshirish institutida Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasi delegatsiyasi bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy vakolatxonasi delegatsiyasi ishtirokida xalqaro ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Institut rahbariyati hamda Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasi vakillari o‘rtasida ta’lim, ilmiy-tadqiqot va xalqaro hamkorlik sohalarida o‘zaro manfaatli aloqalarni yanada kengaytirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Tomonlar huquqni ichki ishlar organlari xodimlarini tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayoniga xalqaro gumanitar huquq normalarini kengroq joriy etish, qo‘shma seminarlar, treninglar va ilmiy-amaliy tadbirlarni tashkil qilish, xalqaro ekspertlar ishtirokida o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish, shuningdek, o‘quv-metodik materiallarni hamkorlikda ishlab chiqish va o‘zaro tajriba almashish istiqbollarini atroflicha muhokama qildilar.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni izchil rivojlantirish, amaliy loyihalarni birgalikda amalga oshirish va xalqaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.