IIV Malaka oshirish instituti va Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasining hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

08.10.2026 47 marta ko'rilgan

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy vakolatxonasi delegatsiyasi ishtirokida xalqaro ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Institut rahbariyati hamda Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasi vakillari o‘rtasida uchrashuv davomida xalqaro huquq standartlarini huquqni muhofaza qilish faoliyatiga tatbiq etish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy va pedagogik salohiyatini rivojlantirish, xorijiy ekspertlarni o‘quv jarayoniga jalb etish, zamonaviy raqamli va sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish, xalqaro o‘quv kurslari va grant loyihalarini amalga oshirish, penitensiar tizim xodimlari uchun maxsus o‘quv modullarini joriy etish, ilg‘or xorijiy adabiyotlarni tarjima qilish hamda xalqaro konferensiya tashkil etishga qaratilgan istiqbolli hamkorlik masalalari muhokama qilindi.