Navbatdagi bitiruv tadbiri
Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti Kasbiy tayyorgarlik fakultetida “Maxsus operatsiyalarni amalga oshirish faoliyati” yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olgan 147 nafar tinglovchining bitiruv tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Institut rahbariyati, fakultet professor-o‘qituvchilari, soha faxriylari, tinglovchilar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.
O‘quv jarayonida tinglovchilar nazariy bilimlarini mustahkamlash bilan birga, maxsus-taktik harakatlar, murakkab vaziyatlarda to‘g‘ri va tezkor qaror qabul qilish hamda xizmat vazifalarini samarali bajarishga qaratilgan amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etdilar.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar tinglovchilarning o‘qish davomida erishgan natijalarini e’tirof etib, ularga kelgusi xizmat faoliyatida muvaffaqiyat tiladilar.
Tantanali marosim yakunida o‘quv kursini muvaffaqiyatli tamomlagan 147 nafar tinglovchiga «kichik serjant» maxsus unvoni va diplomlar topshirildi.
Bitiruvchilarga kelgusi xizmat faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz!