225 nafar tinglovchiga “kichik serjant” maxsus unvoni va diplomlar topshirildi

10.10.2026 58 marta ko'rilgan

 

Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining Olmaliq shahridagi o‘quv bazasida Kasbiy tayyorgarlik fakulteti tinglovchilarining navbatdagi bitiruv marosimi bo‘lib o‘tdi.

Besh oy davomida kasbiy bilim va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlagan, yakuniy sinov va imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan 225 nafar tinglovchi o‘qishni muvaffaqiyatli yakunladi.

Tantanali marosimda Institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, soha faxriylari, ota-onalar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Ta’lim jarayonida nazariya va amaliyot uyg‘unligiga alohida e’tibor qaratildi. Tinglovchilar yo‘l-patrul faoliyati, patrul-post xizmati, pasport tizimi va jazoni ijro etish yo‘nalishlari bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalarni egalladilar.

Tadbir davomida o‘qishda yuqori natijalarga erishgan va namunali xulqi bilan ajralib turgan tinglovchilar ham tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.

Endilikda yosh mutaxassislar zimmasida xalq osoyishtaligini ta’minlash, jamoat xavfsizligini saqlash va fuqarolar huquqlarini himoya qilishdek yuksak mas’uliyat turibdi.