“Yoshlar kuni”ga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir
“Yoshlar kuni” munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi o‘quv-dala markazida Malaka oshirish instituti mas’ul xodimlari va professor-o‘qituvchilar bilan boshlang‘ich kasbiy tayyorgarlik kursi tinglovchilari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir uyushtirildi.
Ushbu tadbir tinglovchilarda vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish, intellektual salohiyatini yuksaltirish, sog‘lom turmush tarzi madaniyatini shakllantirish va yoshlarni sportga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida sohaviy xizmatlarning beshta yo‘nalishli bo‘yicha shakllangan jamoalar 4 ta shartlar asosida o‘zaro bahs olib bordi.
Har bir shart tinglovchilardan o‘ziga xos bilim, zakovat, mohirlikni talab qilib, har bir natijalar hakamlar hay’ati tomonidan xolisona baholandi.
Shuningdek, tadbirga fayz ulashish maqsadida tinglovchilar tomonidan tayyorlangan badiiy va musiqiy chiqishlar, she’rxonlik va jangovar tayyorgarlik ko‘rinishidagi chiqishlari tomoshabinlarga hush kayfiyat bag‘ishladi.
Tadbir yakuniga ko‘ra faxrli 1-o‘rin, 2-o‘rin va 3-o‘rin olgan jamoalar va faol ishtirokchilar institut kubogi, qimmatbaho esdalik sovg‘alari hamda tashakkurnomalari bilan taqdirlandilar.
Institutda bu kabi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazib kelishning asosiy maqsadi bu eng avvalo tinglovchilarni kasbiy bilimlarini oshirib borish, jamoada ishlash ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda sog‘lom raqobat muhitini qaror toptirishga xizmat qildi.