Navbatdagi Ilmiy kengash muhokamasi
Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti majlislar zalida institut Ilmiy
kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Uni institut boshlig‘i, Ilmiy kengashi
raisi professor, polkovnik Olimjon Axmedov olib bordi. Yig‘ilishda Ilmiy kengash
aʼzolari, professor-o‘qituvchilar hamda ilmiy xodimlar ishtirok etdi.
Kun tartibiga qo‘yilgan masalalar bo‘yicha professor-o‘qituvchilar tomonidan
taqdim etilgan darslik, o‘quv-uslubiy majmualar va o‘quv qo‘llanmalar muhokama
etildi. Shuningdek, tegishli ixtisoslik bo‘yicha “dotsent” ilmiy unvonini olish uchun
to‘plangan hujjatlarni muhokamasi va Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi
huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasiga tavsiya etish masalalari ko‘rib chiqildi.
Muhokamaga qo‘yilgan masalalar bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar,
amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar to‘g‘risida qarorlar qabul qilindi.