“Rahbar va yoshlar” uchrashuvi yoshlar bilan ochiq muloqot ruhida o‘tkazildi
“Payshanba-yoshlar kuni” munosabati bilan Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining Olmaliq shahridagi o‘quv bazasida Kasbiy tayyorgarlik fakulteti tinglovchilari bilan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.
Tadbir davomida yoshlarning taklif va tashabbuslari tinglanib, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, kasbiy mahoratini oshirish hamda xizmat faoliyatida yuqori natijalarga erishish masalalari yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazildi. Shuningdek, tinglovchilarning qiziqtirgan savollariga atroflicha javob berilib, ularning fikr-mulohazalari va takliflari muhokama qilindi.
Uchrashuv samimiy va konstruktiv ruhda o‘tib, yoshlarning intellektual salohiyati, tashabbuskorligi hamda kelgusidagi xizmat faoliyatida muvaffaqiyatlarga erishishlari uchun zarur tavsiyalar berildi. Tadbir yoshlar bilan muloqotni mustahkamlash, ularning faolligini yanada oshirish hamda vatanparvarlik ruhini yuksaltirishga xizmat qildi.