Simulyatsiyalashgan o‘quv markazini tashkil etish loyihasi doirasida KOICA delegatsiyasi Institutga tashrif buyurdi

23.05.2026 6 marta ko'rilgan

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida Koreya xalqaro hamkorlik agentligi — KOICAning “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida Simulyatsiyalashgan o‘quv markazini tashkil etish bo‘yicha salohiyatni oshirish” loyihasi doirasida Koreya Respublikasidan 7 nafardan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.

Tashrif davomida delegatsiya aʼzolari tomonidan Simulyatsiyalashgan o‘quv markazini tashkil etish bo‘yicha ishlab chiqilgan bosh reja yuzasidan amalga oshirilgan tadqiqot natijalari taqdim etildi. Shuningdek, rejani takomillashtirish va yakunlash maqsadida institut mutaxassislari ishtirokida maslahat uchrashuvlari o‘tkazildi.

Bundan tashqari, tegishli o‘quv dasturlarini ishlab chiqish maqsadida delegatsiya aʼzolarining Buxoro va Samarqand viloyati ichki ishlar organlaridagi “Xavfsiz turizmni taʼminlash” boshqarmalari faoliyati bilan tanishishi rejalashtirilgan.

Mazkur loyiha ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy tayyorgarligini zamonaviy simulyatsion texnologiyalar asosida yanada takomillashtirish, amaliyotga yo‘naltirilgan taʼlim sifatini oshirishga xizmat qilishi taʼkidlandi.