Yangilik haqida batafsil

Ichki ishlar vazirligi xodimlari uchun dala o‘q otish mashqlari tashkil etildi
April 3, 2024

    Ichki ishlar vazirligi sohaviy xizmatlari va Malaka oshirish instituti xodimlarining jismoniy tayyorgarlik hamda jangovarlik qobiliyatlarini mustahkamlash maqsadida o‘quv yili rejasiga asosan dala o‘q otish mashqlari tashkil etildi.

      Amaliy o‘q otish mashqlari avvalida xodimlarga Kalashnikov avtomatidan nishonni to‘g‘ri zabt etish, o‘q otar qurollardan foydalanish, unga xizmat ko‘rsatish va ularni qo‘llashning huquqiy asoslari bo‘yicha tushuntirildi.

 Shuningdek, xodimlarning xizmat qurolining tarkibiy qismlari, uni qo‘llash, olib yurish, saqlash qoidalari, xavfsizlik choralari, to‘liqsiz qismlarga ajratish hamda yig‘ish borasidagi bilimlari tekshirildi.

    Shundan so‘ng xodimlar o‘q otish maydonchasida Makarov pistoletidan va Kalashnikov avtomatidan o‘q otish borasidagi nazariy bilimlarini amaliyotda bajardilar. Jumladan quroldan foydalanish, masofadan o‘q otish, mo‘ljal olish kabi jarayonlarni bajarib ko‘nikma orttirdilar.

     Natijalar mas’ul xodimlar tomonidan baholanib, yaxshi natija ko‘rsatolmaganlarga kerakli tavsiyalar berildi.

        Albatta, bunday amaliy mashqlarni o‘tkazish xodimlarning o‘q-otar qurolga nisbatan ko‘nikmasini hosil qilishda, uni  mohirona qo‘llay olish qobiliyatini shakllantirishda va doimiy jangovar holatda bo‘lishlarini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.  

 

IIV Malaka oshirish Instituti Matbuot xizmati