O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti boshlig‘i polkovnik O.Axmedov hamda Koreya xalqaro hamkorlik bo‘yicha agentligi (KOICA)ning O‘zbekistondagi Vakolatxonasi direktori Shin Myung Seop bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri hamda Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi tomonidan imzolangan “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan Koreya Respublikasi Koreya xalqaro hamkorlik agentligi o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida Simulyatsiyalashgan o‘quv markazini tashkil etish bo‘yicha salohiyatni oshirish loyihasi to‘g‘risida”gi muzokaralar bayonida belgilangan vazifalarni ijrosi hamda hamkorlik aloqalarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Muloqot so‘ngida tomonlar rejalashtirilgan tadbirlarning samarali amalga oshirilishida barcha imkoniyatlarni ishga solinishi, shuningdek o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlashdan ikki tomon ham birdek manfaatdor ekanligi ta’kidlandi.
Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati