Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti shaxsiy tarkibi bilan saf ko‘rigi va saf tayyorgarligi o‘tkazildi.
Saf ko‘rigida Malaka oshirish institut хodimlari katta va kichik ofitserlar, safdor va serjantlar tarkibi xodimlarining tashqi ko‘rinishi, xizmat kiyimini kiyish tartib-qoidalariga rioya qilinishi, doimiy ravishda yonida bo‘ladigan anjomlar va xizmat guvohnomasining talab darajasida ekanligiga alohida eʼtibor qaratildi.
Shuningdek, saf tayyorgarligi mashg‘ulotida, saf elementlari, yurish, burilish, xizmat belgilari, kiyinish madaniyati va fuqarolar bilan xushmuomala bo‘lish tushuntirildi.
Institut Matbuot xizmati