Pedagogik mahorat bo‘yicha navbatdagi mashg‘ulot

15.03.2025 19 marta ko'rilgan

 

       Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida faoliyat ko‘rsatayotgan professor-o‘qituvchilarning zamonaviy pedagogika va psixologiya fanlariga oid bilimlarini yanada mustahkamlash maqsadida Institut boshlig‘ining tegishli farmoyishi asosida haftaning shanba kunlari pedagogik mahorat maktabi mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tmoqda.

    Mashg‘ulotlarda o‘qituvchilarning pedagogik mahorati bo‘yicha bilim va malakalari mustahkamlanmoqda.

     Jumladan, bugun amaliy mashg‘ulotni o‘tkazishga qo‘yiladigan asosiy talablar va tashkil etish turlari to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

 

Institut Matbuot xizmati