Yangilik haqida batafsil

Joriy yilning 15-noyabridan 17-noyabriga qadar Toshkentda “Ipak yoʻlida turizm” 28-Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi (keyinchalik — TXTY-2023) boʻlib oʻtadi
Nov. 14, 2023

 

2023-yil 15-noyabrdan 17-noyabrga qadar Toshkentda “Ipak yoʻlida turizm” 28-Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi (keyinchalik — TXTY-2023) boʻlib oʻtadi. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Turizm qoʻmitasi, “Milliy PR-markazi” davlat unitar korxonasi, “Team & Co Group” kompaniyasi yarmarka tashkilotchilaridir.

“Uzbekistan Airways” AJ aviakompaniyasi TXTY-2023 ning bosh hamkori sifatida ishtirok etadi. Anʼanaga koʻra, yarmarka oʻtkaziladigan joy sifatida “Oʻzekspomarkaz” Milliy koʻrgazmalar majmuasi pavilyoni tanlandi.

Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi turizm mahsulotlarini targʻib qilish, ishbilarmonlik aloqalari va hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga yordam beruvchi axborot maydonchasidir. TXTY 1995-yildan buyon BMTning Butunjahon Turizm Tashkiloti (UNWTO) koʻmagida oʻtkazib kelinmoqda. Koʻrgazma har yili turizm sohasining yuzlab mutaxassislarini jamlab, ushbu sohani xalqaro miqyosda rivojlantirish uchun eng yaxshi sharoitlarni yaratib kelmoqda.

Oʻtgan 2022-yilda, 2 yillik tanaffusdan soʻng, TXTY-2022 ning shov-shuvli qaytishi boʻlib oʻtdi. TXTY tarixida ilk bor Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi davlat-xususiy sheriklik koʻrinishida byudjet mablagʻlarini jalb qilmagan holda tashkil etildi. Uch kun ichida,

30-noyabrdan 2-dekabrga qadar yarmarkaga 11 mingdan ortiq kishi tashrif buyurdi. Shuningdek, TXTY-2022 yakunlari boʻyicha yarmarka ishi davomida 300 ta kompaniya vakillari ishtirok etib, 7000 ta shartnoma imzolandi.

Bu yilgi yarmarka ham butun dunyodan sayyohlik biznesi mutaxassislarini birlashtirishi va koʻp jihatdan ushbu sohaning barcha vakillari: yetakchi sayyohlik va transport kompaniyalari, yirik mehmonxonalar tarmoqlari, diplomatik korpuslar, turizm sohasidagi taʼlim muassasalari xodimlari, MICE-turizm vakillari uchun foydali boʻlishi kutilmoqda.

Yarmarka doirasida Fransiya, Chexiya, Yaponiya, Malayziya, Tailand, Singapur, Hindiston, Koreya, Rossiya, Qozogʻiston, Belarus, Ozarbayjon, Xitoy va boshqalar kabi 20 ta davlatning milliy stendlar bilan turizm maʼmuriyatlari ishtirokida xalqaro koʻrgazma boʻlib oʻtadi. TXTY ishtirokchilari orasida Gruziya Turizm Departamenti, Chexiya Milliy Turizm Boshqarmasi, Ozarbayjon Davlat Turizm Agentligi, Koreya Davlat Turizm Tashkiloti, Tailand Qirolligi Turizm Byurosi, Malayziya Turizmni targʻib qilish boʻyicha kengashi, Rossiyaning Mintaqaviy turizm qoʻmitalari va Singapur Milliy sayyohlik agentliklari assotsiatsiyasi kabi yirik tashkilotlar vakillari ishtirok etadi.

TXTY-2023 ning ishbilarmonlik qismida turizm sohasidagi yetakchi xalqaro va mahalliy ekspertlar ishtirokida Xalqaro forum oʻtkaziladi. Shuningdek, B2B uchrashuvlari, davra suhbatlari, sayyohlik xizmatlari va hunarmandchilik koʻrgazmalari, Oʻzbekistonning turizm salohiyatiga ega hududlarining taqdimotlari, mahalliy va xalqaro miqyosdagi oshpazlar ishtirokida mahorat darslari oʻtkaziladigan gastro-bozor tashkil etish rejalashtirilgan.

TXTY-2023 forumiga turizm sohasidagi taniqli mutaxassislar taklif etilgan. Jumladan: davlat sayyohlik tashkilotlari rahbarlari, ishbilarmon doiralar vakillari, sayyohlik kompaniyalari, aviakompaniyalar, sugʻurta kompaniyalari, mehmonxonalar, sayyohlik majmualari, firmalar, Oʻzbekiston turizm brendi elchilari, shuningdek, xalqaro OAV vakillari (“BBC World News”), “Lonely Planet” va boshqalar).

Joriy yilda TXTY-2023 koʻrgazmasiga mahalliy aholi hamda MDH, Osiyo va Yevropa davlatlaridan 15 ming nafargacha tashrif buyuruvchi ishtirok etishi kutilmoqda. Yarmarkaga tashrif buyuruvchilar va ishtirokchilar yangi sayyohlik yoʻnalishlari bilan tanishish va xorijiy mamlakatlarning rang-barang muhiti, madaniyati va anʼanalariga shoʻngʻish uchun ajoyib imkoniyatdan foydalanishlari mumkin. Shuningdek, Oʻzbekistonning barcha hududlari yangi sayyohlik manzillarining turizm salohiyatini baholash mumkin boʻladi.

Eng yirik xalqaro sayyohlik tadbiri ishtirokchisi boʻlish va oʻz sayyohlik biznesingizni ochish, shuningdek, jahon turizm sanoati mutaxassislari bilan xalqaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, shuningdek, taʼtilingizni uzoq muddatga rejalashtirish imkoniyatini qoʻldan boy bermang.

www.titf.uz veb-saytida onlayn roʻyxatdan oʻtish orqali har kim TXTY-2023 mehmoni boʻlishi va tadbirga tashrif buyurish qoidalari bilan tanishishi mumkin.