O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida huquqbuzarliklar profilaktikasi, yo‘l-patrul va patrul-post xizmati bo‘linmalari xodimlarini «Fuqarolar bilan ishlash moduli» bo‘yicha navbatdagi 5-o‘quv kursi yakunlandi.
O‘quv mashg‘ulotlari innovatsion pedagogik texnologiya, interfaol metod va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda o‘tkazildi. Nostandart, ziddiyatli vaziyatlar, muammoli holatlarda to‘g‘ri va tezkor qaror qabul qilish ko‘nikmalari tinglovchilarda shakllantirildi.
O‘quv kursining yakuniga ko‘ra sinovlarni muvaffaqiyatli topshirgan xodimlarga sertifikatlar tantanali topshirildi.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati