Malaka oshirish institutida navbatdagi Ilmiy kengash o‘tkazildi

10.02.2024 46 marta ko'rilgan

     Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti majlislar zalida institut Ilmiy kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Uni institut boshlig‘i, Ilmiy kengashi raisi t.f.n., dotsent, polkovnik  Olimjon Axmedov olib bordi. Yig‘ilishda Ilmiy kengash a’zolari, professor-o‘qituvchilar hamda ilmiy xodimlar ishtirok etdi.

    O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya  komissiyasi ma’qullagan Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida «Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish, qonun ustivorligi, iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish hamda ijtimoiy rivojlanishning ilmiy asoslari va amaliy yo‘nalishlari» fanidan ilmiy unvoi uchun talabgorlardan maxsus imtihon qabul qilish komissiyasi tarkibi kengash a’zolariga tanishtirildi.

    Yig‘ilish kun tartibida ilmiy tadqiqot, o‘quv jarayoni metodik ishlari yuzasidan masalalar muhokama  etildi.

      Muhokamaga qo‘yilgan masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati