Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida faoliyat ko‘rsatayotgan professor-o‘qituvchilarning zamonaviy pedagogika va psixologiya fanlariga oid bilimlarini yanada mustahkamlash maqsadida pedagogik mahoratni oshirish kursi tashkil etildi.
Boy amaliy tajribaga ega bo‘lgan o‘qituvchi Ravshan Ishmuhamedov kursda o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini oshirish bo‘yicha saboq bermoqda.
Mashg‘ulotda o‘qituvchi faoliyatining muhim ahamiyati, pedagogik mahorat, yangi interfaol va noan’anaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llashning roli, zamonaviy o‘qituvchining pedagogik texnikasi va mas’uliyati to‘g‘risida fikr va mulohazalar yuritilmoqda.
Institut Matbuot xizmati