Yangilik haqida batafsil

Kelgusidagi xizmat faoliyatlarga zafarlar tilandi
Dec. 14, 2024

        Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida navbatdagi boshlang‘ich kasbiy tayyorgarlik o‘quv kursi yakunlanishi munosabati bilan   bitiruv tantanali tadbiri bo‘lib o‘tdi.

     O‘quv kursida nazariy va amaliy mashg‘ulotlar professor-o‘qituvchilar va sohaviy xizmatlarning tajribali amaliyot xodimlari tomonidan zamonaviy axborot kommunikasiya texnologiyalarini qo‘llagan holda interfaol usullarda davra suhbati, bahs-munozara, seminar-trening, amaliy mashg‘ulot shaklida olib borildi.

      Mashg‘ulotlarda tinglovchilarning kasbiy, huquqiy, ijtimoiy-siyosiy, jangovar-jismoniy, ruhiy, tibbiy tayyorgarligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi. Fuqarolar bilan muloqotlarda yuzaga keladigan nostandart vaziyatlar, muammoli holatlar yuzasidan Institut professor-o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan videolavhalar orqali mavzularga doir huquqiy yechim va tavsiyalar ko‘rsatildi. Shuningdek, dam olish kunlari “Ichki ishlar organlari tarixi muzeyi”, “Shahidlar hiyoboni”, “G‘alaba” va “Yangi O‘zbekiston”  bog‘lariga ekskursiyalar tashkil etildi. “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida tinglovchilar mashg‘ulotlardan so‘ng hududlarni obodonlashtirish, yangi bog‘ barpo qilish ishlarida ham faol ishtirok etdilar,

     Tadbirda so‘zga chiqqanlar ichki ishlar organlarini xalqning ishonchli himoyachisi sifatida xalqchil professional tuzilmaga aylantirish, sohani bilimli, zamonaviy fikrlaydigan, yuksak insoniy va yetuk salohiyatga ega yosh kadrlar bilan to‘ldirish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilayotganligini e’tirof etdilar.

 

Institut Matbuot xizmati