Navbatdagi o‘quv kurslari yakunlandi
Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida ichki ishlar organlarining barcha darajadagi bo‘lim boshliqlari hamda tuman (shahar, tarmoq) ichki ishlar organlari boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimiga tayinlash uchun navbatdagi o‘quv kursi yakunlandi.
Shuningdek, institutda ichki ishlar organlari xodimlariga “podpolkovnik”, “mayor” va “katta serjant” maxsus unvonlarini olish uchun maxsus malaka oshirish bo‘yicha navbatdagi o‘quv kurslari ham o‘z nihoyasiga yetdi.
O‘quv mashg‘ulotlari davomida tinglovchilarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini yanada takomillashtirish, xizmat faoliyatida zamonaviy yondashuvlarni qo‘llash hamda rahbarlik lavozimlarida samarali faoliyat yuritish uchun zarur kompetensiyalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.
Kurslar yakunida tinglovchilarning o‘zlashtirgan bilim va ko‘nikmalari belgilangan tartibda baholanib, tegishli yakuniy natijalar rasmiylashtirildi.
Mazkur o‘quv kurslari ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimlarning kasbiy tayyorgarligini yuksaltirish, rahbarlik lavozimlariga nomzodlarning bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda xizmat samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.