Rahbar bilan tinglovchilar uchrashuvi
IIV Malaka oshirish instituti boshlig‘ining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari podpolkovnik Z.M. Aliyeva, malakali psixolog mutaxassis podpolkovnik I. Hakimova hamda institut Xotin-qizlar kengashi raisi podpolkovnik G. Abdullayevalar tomonidan o‘quv-dala markazi boshlang‘ich kasbiy tayyorgarlik kursida tahsil olayotgan ayol xodimalar bilan ma’naviy-ma’rifiy tarbiyaviy va psixologik yo‘nalishlarda uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Uchrashuv davomida tinglovchilarga ichki ishlar organlarida xizmat o‘tash tartibi, Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat-xizmat intizomi kodeksidagi talab va qoidalariga oid foydali ma’lumotlar amaliy misollarda tushuntirildi.
Shuningdek, tinglovchilarning ruhiy barqarorligini mustahkamlash va stressni yengish, jamoada hamjihatlikni oshirish maqsadida psixologik trening o‘tkazildi. Treningda tinglovchi qizlarni kayfiyatini ko‘tarish va ularga motivatsion yo‘nalish berish maqsadida turli o‘yin mashqlaridan foydalanildi.
Shu bilan birga tinglovchilarga kelgusida tegishli buyruq talablariga ko‘ra xizmat kiyimini kiyish tartibi ham tushuntirildi.
Tadbir yig‘ilganlar bilan samimiy va ochiq muloqot ruhida mazmunli o‘tkazildi.