Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi raisi, professor Ahmadbek Yusupov, Institut rahbariyati va tadqiqotchilari, vazirlik ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Anjimuanda yosh olimlar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar hamda ichki ishlar organlarining barcha darajadagi bo‘lim boshliqlari, tuman (shahar, tarmoq) ichki ishlar organlari boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimiga tayinlash uchun zaxiradagi xodimlar uchun tashkil etilgan malaka oshirish kursi tinglovchilari ham ishtirok etdilar.
Tadbirda Axmadbek Yusupov Oliy attestatsiya komissiyasida olib borilayotgan islohotlar yuzasidan fikrlarini bildirdi.
Davra suhbati savol va javob tarzida davom ettirilib, ishtirokchilarning ilmiy ishlari bilan bog‘liq barcha savollariga atroflicha javob berildi.
Institut Matbuot xizmati