O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida Koreya milliy politsiya agentligi va Kyungbuk milliy universiteti xodimlari tomonidan “Sud ekspertizasi turlari va sun’iy intellektni qo‘llash” mavzusi bo‘yicha uch kun davom etgan o‘quv kurslari yakunlandi.
Mazkur seminar ishtirokchilari sud ekspertlik faoliyatining zamonaviy imkoniyatlari va kriminalistik ko‘zdan kechirishning ilg‘or yechimlari bo‘yicha uslubiyotlarni amaliy o‘rganishga hamda professor-o‘qituvchilarga o‘qitishning zamonaviy shakl va usullari, sun’iy intellekt va innovatsion texnologiyalarni qo‘llash istiqbollari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini mustahkamladilar.
Seminar qizg‘in munozara va o‘zaro fikr almashuvlar ruhida o‘tdi. Ishtirokchilarning qiziqtirgan savollariga koreyalik mutaxassislar batafsil javoblar berishdi.
Institut Matbuot xizmati