Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti shaxsiy tarkibi bilan o‘tkazilgan navbatdagi Ma’naviyat va ma’rifat darsi “Sog‘ tanda – sog‘lom fikr” mavzusiga bag‘ishlandi. Tadbirda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati AJ O‘quv markazi o‘qituvchisi, “Shuhrat” medali sohibi Muzaffar Shanaev ma’ruza qildi. U o‘z nutqida, inson sog‘lom fikrlashi, jismonan tetik va turli mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurashish immuniteti kuchli bo‘lishi uchun avvalo sog‘lom turmush tarziga rioya etishi va sog‘lom turmush tarzi targ‘ibotchisi bo‘lishi lozimligi to‘g‘risida ta’kidladi.
Shundan so‘ng, Institut boshlig‘i, polkovnik Olimjon Axmedov tomonidan tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan Institutning bir guruh tibbiyot xizmati xodimlarini vazirlikning idoraviy ko‘krak nishoni, “Faxriy yorliq”, qimmatbaho esdalik sovg‘alar va pul mukofotlari taqdim etildi.
Shuningdek, institutning uch nafar yosh xodimlarining ota-onalariga vazirlik rahbariyatining minnatdorchilik xatlari topshirildi.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati