O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 17 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi farmoyishi ijrosini ta’minlash yuzasidan Malaka oshirish instituti Yuridik fanlar kafedrasi katta o‘qituvchi, podpolkovnik O.S.Subanov “Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati” nomli mavzuda IIO xodimlariga navbatdagi “podpolkovnik” maxsus unvonini berish uchun maxsus malaka oshirish o‘quv kursi tinglovchilari bilan Konstitutsiyaning qoida va normalarini chuqurlashtirib o‘rgatishga qaratilgan o‘quv seminar mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Shuningdek, kafedra o‘qituvchisi, kapitan J.Q.Xamraev tomonidan IIV o‘quv-dala markazida Ichki ishlar organlari safdor va serjantlar tarkibidan ofitserlik lavozimlariga qayta tayyorlash o‘quv kurslari tinglovchilari bilan olib borilgan seminar mashg‘ulotida mazkur mavzuga oid batafsil ma’lumotlar berildi.
O‘quv seminar mashg‘ulotlarda asosiy qomusimizning ustuvor qoidalari, inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlariga oid konstitutsiyaviy-huquqiy normalar atroflicha ko‘rib chiqildi. Tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga to‘liq javoblar olishdi.
Institut Matbuot xizmati