Öquv-dala markazida navbatdagi bitiruv tantanasi

27.11.2026 53 marta ko'rilgan

Içki işlar vazirligi Öquv-dala markazida Malaka oşiriş institutining boşlanğiç kasbiy tayyorgarlik öquv kursini tamomlagan qariyb 280 nafar tinglovçining bitiruv marosimi bölib ötdi.

Tadbirda vazirlik va institut rahbariyati, soha faxriylari, professor-öqituvçilar, jamoatçilik vakillari, şuningdek, KOICA loyihasi doirasida taşrif buyurgan Koreya Respublikasi Milliy politsiya agentligi mutaxassislari iştirok etdi.

Tantanali marosimda sözga çiqqan institut boşliği, polkovnik Olimjon Ahmedov içki işlar organlari xodimlarining kasbiy salohiyatini oşiriş, jamoat xavfsizligini ta’minlaş va aholi bilan muloqotda xalqparvarlik tamoyillariga amal qilişning ahamiyati töğrisida ta’kidladi.

Öquv jarayonida tinglovçilar yuridik, kasbiy, ma’naviy-ma’rifiy, jangovar va jismoniy tayyorgarlik yönalişlarida nazariy bilim hamda amaliy könikmalarini mustahkamladilar. Xususan, murakkab vaziyatlarda töğri qaror qabul qiliş, fuqarolar bilan qonuniy munosabat örnatiş va xizmat vazifalarini mas’uliyat bilan bajarişga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbir davomida öqişda yuqori natijalarga erişgan, faolligi va namunali xulqi bilan ajralib turgan bir guruh tinglovçilar faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.

Bitiruvçilar uçun bugungi kun yangi mas’uliyatli bosqiçning boşlanişidir. Endi ular olgan bilim va könikmalarini amaliyotda qöllab, Vatanga sadoqat va xalqqa xizmat qilişdek şarafli burçni ado etadilar.

Xizmatga sadoqat — xalq işonçiga munosib bölişdan boşlanadi!