Yoşlar örtasida giyohvandlikka qarşi kuraş: sohaviy xizmatlarning vazifalari muhokama markazida
Bugun Özbekiston Respublikasi IIV Malaka oşiriş institutida yoşlar örtasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanişiga qarşi kuraşiş, uşbu illatning barvaqt oldini oliş hamda unga qarşi kuraşiş samaradorligini oşirişga qaratilgan oçiq seminar maşğuloti ötkazildi.
Institutning Maxsus-kasbiy fanlar kafedrasi professori, podpolkovnik J.O. Kenjayev tomonidan 2-öquv guruhi tinglovçilari bilan taşkil etilgan mazkur maşğulot “Yoşlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanişiga qarşi kuraşda sohaviy xizmatlarning vazifalari” mavzuga bağişlandi.
Seminar davomida bugungi kunda jamiyat xavfsizligi va yoşlar kelajagiga jiddiy tahdid solayotgan giyohvandlik vositalari hamda psixotrop moddalarning noqonuniy aylanişiga qarşi kuraşişning dolzarb masalalari atrofliça tahlil qilindi.
Ayniqsa, içki işlar organlari sohaviy xizmatlarining uşbu yönalişdagi funksional vazifalari, idoralararo hamkorlik mexanizmlari, narkojinoyatlarni barvaqt aniqlaş, ularning oldini oliş va foş etişda zamonaviy yondaşuvlardan foydalaniş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Maşğulot interfaol savol-javoblar, hayotiy misollar va amaliy vaziyatlar tahlili asosida taşkil etilib, tinglovçilarning kasbiy bilimlari, mustaqil fikrlaş qobiliyati hamda xizmat faoliyatida samarali qaror qabul qiliş könikmalarini rivojlantirişga xizmat qildi.
Zero, giyohvandlikka qarşi kuraşiş — nafaqat huquqbuzarliklarning oldini oliş, balki yoşlar kelajagi, jamiyat barqarorligi va millat salomatligini himoya qiliş yölidagi muhim vazifadir.