Qasamyodga sodiqlik — sharafli burch!

03.10.2026 37 marta ko'rilgan

Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida 15 nafar boshlang‘ich kasbiy tayyorgarlik o‘quv kursi tinglovchilarining qasamyod qabul qilish tantanali marosimi hamda safdor va serjantlar tarkibidan ofitserlik lavozimlariga tayinlash uchun navbatdagi qayta tayyorlash o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli yakunlagan bitiruvchilarga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tantanali tadbirda Bektemir tumani hokimi boshchiligida tuman hokimiyati va huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari, Institut rahbariyati va professor-o‘qituvchilari, tinglovchilar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdilar.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar ichki ishlar organlarida xizmat qilish yuksak mas’uliyat va sharafli burch ekanini ta’kidlab, tinglovchilarga Vatanga sadoqat, xalqqa halol va fidoyi xizmat qilish, kasbiy mahoratini muntazam oshirib borish istagini bildirdilar.

Shuningdek, mehmonlar Institutda Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) bilan hamkorlikda yaratilayotgan simulyatsiya markazi bilan tanishdilar. Zamonaviy o‘quv-amaliy bazaga ega bo‘lishi ko‘zda tutilayotgan mazkur markaz ichki ishlar organlari xodimlarining amaliy ko‘nikmalarini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.

Tantanali marosim yakunida bitiruvchilarga kelgusi xizmat faoliyatida muvaffaqiyatlar tilab, ularning zimmasiga yuklatilgan sharafli vazifalarni sidqidildan bajarish muhimligi qayd etildi.