Yangiqo‘rg‘on tumanida profilaktik ishlar tahlil qilindi
25.09.2026
13 marta ko'rilgan
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2026-yil 08-sentyabr kunidagi F-274-sonli farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida, Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida xizmat safari davomida tumanda jinoyatchilik kelib chiqishining sabab va omillari o‘rganildi.
Tuman IIB doimiy shaxsiy tarkibi bilan umumiy yig‘ilish o‘tkazildi, tizimda olib borilayotgan islohotlarning, Prezident qarorlarining mazmun-mohiyati yetkazildi, shuningdek mutaxassis-psixolog taklif etilib, fuqarolar bilan ishlash moduli asosida trening mashg‘ulotlar tashkil etildi.