IIV Namangan akademik litseyida ilmiy salohiyatni yuksaltirishga e’tibor

24.09.2026 9 marta ko'rilgan

IIV Namangan akademik litseyida pedagoglarning ilmiy salohiyatini oshirish, kasbiy mahoratini rivojlantirish hamda ilmiy izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar izchil amalga oshirilmoqda.

IIV Malaka oshirish instituti rahbari akademik litseyga tashrif buyurib, ta’lim jarayoni hamda pedagoglarning faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida litsey Tillarni o‘rganish kafedrasi boshlig‘iga berilgan ilmiy unvon tantanali ravishda topshirildi. Mazkur yutuq pedagogning ko‘p yillik ilmiy izlanishlari va samarali mehnatining munosib e’tirofi bo‘lib, ta’lim muassasasi jamoasi uchun ham muhim voqea bo‘ldi.

Bunday ilmiy yutuqlar pedagoglarni yangi izlanishlarga undash, ta’lim sifatini oshirish hamda o‘quvchilarga zamonaviy va puxta bilim berishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati