Koreya delegatsiyasi VR simulyator boshqaruv qurilmasini sinovdan o‘tkazdi

17.09.2026 32 marta ko'rilgan

Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutiga tashrif buyurgan Koreya milliy politsiya agentligi delegatsiyasi a’zolari o‘zaro hamkorlik doirasida yaratilayotgan zamonaviy VR simulyator boshqaruv qurilmasini sinovdan o‘tkazdilar.

Mazkur qurilmaning funksional imkoniyatlari namoyish etildi.

Ushbu texnologiya tinglovchilarning kasbiy va amaliy ko‘nikmalarini takomillashtirish hamda o‘quv jarayonini zamonaviy yondashuvlar asosida tashkil etishga xizmat qiladi.

Ta’kidlash joizki, mazkur ishlanma Ichki ishlar vazirligi va Koreya milliy politsiya agentligi o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, shuningdek, ilg‘or texnologiya va tajribalarni sohada joriy etishga qaratilgan.

Tashrif doirasida tomonlar zamonaviy o‘quv texnologiyalaridan foydalanish, ularni takomillashtirish va kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashdilar.