Navbatdagi amaliy ishlar boshlandi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri va Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi tomonidan imzolangan muzokaralar bayoniga muvofiq Koreya milliy politsiya agentligining tegishli mutaxassislari IIV Malaka oshirish institutiga tashrif buyurdilar .
Tashrif davomida uchrashuvda Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti boshlig‘i O.T.Axmedov va institut xodimlari ishtirok etdi.
Uchrashuvda loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishish, yuqori aniqlikdagi simulyatsiya o‘quv dasturini ishlab chiqish uchun zarur bo‘lgan ixtisoslashtirilgan maʼlumotlar yuzasidan fikrlar almashildi .
Tomonlar rejalashtirilgan tadbirlarning samarali amalga oshirilishida barcha imkoniyatlarni ishga solinishi hamda o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash muhimligi taʼkidlandi.