Ustozlarga ehtirom, yoshlarga keng imkoniyat

24.06.2026 26 marta ko'rilgan

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida ko‘p yillar davomida yuksak fidoyilik, sadoqat va mas’uliyat bilan xizmat qilib kelayotgan bir guruh professor-o‘qituvchilar hamda xodimlarning farzandlariga fuqarolik va harbiy ta’lim muassasalariga imtiyozli tartibda o‘qishga qabul qilinishi uchun berilgan tavsiyanomalarni tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda institut rahbariyati tomonidan ta’lim va ilm-fan rivojiga munosib hissa qo‘shayotgan professor-o‘qituvchilar hamda xodimlarning mehnati yuksak e’tirof etilib, ularning farzandlari uchun yaratilgan mazkur imkoniyat davlatimiz tomonidan inson qadrini ulug‘lash, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va yoshlarning sifatli ta’lim olishi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlarning amaliy ifodasi ekani ta’kidlandi.

Shuningdek, tadbir doirasida ilmiy-pedagogik faoliyatda yuqori natijalarga erishib, ta’lim tizimi rivojiga munosib hissa qo‘shayotgan ustozga “Professor” ilmiy unvoni guvohnomasi topshirildi.

Tavsiyanomalar hamda “Professor” ilmiy unvoni guvohnomalarini topshirish marosimi samimiy va ko‘tarinki ruhda o‘tib, ishtirokchilarda katta mamnuniyat va faxr tuyg‘ularini uyg‘otdi. Tadbir yakunida taqdirlanganlarga kelgusi faoliyatlarida yangi yutuqlar, mustahkam sog‘liq va ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolindi.