“Giyohvandlik – kelajakka tahdid”

22.06.2026 35 marta ko'rilgan

IIV Madaniyat saroyida “Giyohvandlik – kelajakka tahdid” mavzusida ma’naviyat va ma’rifat darsi bo‘lib o‘tdi. Unda Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti professor-o‘qituvchilari va xodimlari ham ishtirok etdilar.

Tadbir doirasida giyohvandlikning inson salomatligi, jamiyat barqarorligi va yoshlar tarbiyasiga ko‘rsatayotgan salbiy ta’siri haqida ma’ruza tinglandi. Shuningdek, giyohvandlikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish masalalariga e’tibor qaratildi.

So‘zga chiqqanlar mazkur illatga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida profilaktik tadbirlarni kuchaytirish muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladilar.

Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan mavzu yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilib, giyohvandlikka qarshi kurashish borasidagi targ‘ibot ishlarini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.