“Jaholatga qarshi ma’rifat”
09.06.2026
17 marta ko'rilgan
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti Nukus filialida tinglovchilar ishtirokida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlarni turli yot g‘oyalar va axborot xurujlaridan muhofaza qilish, ularning huquqiy ongi va ma’naviy immunitetini mustahkamlash, shuningdek, jamiyatda sog‘lom fikrlash muhitini qaror toptirishdan iborat bo‘ldi.
Tadbirda Diniy ishlar qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasi, bosh mutaxassisi X.Nezamatov ma’rifat va bilim insonni turli adashishlar hamda yot g‘oyalar ta’siridan asraydigan eng kuchli vosita ekanini ta’kidladi.
Shuningdek, Nukus shahridagi «Muhammad ibn Ahmad al Beruniy» nomidagi o‘rta maxsus Islom bilim yurti direktor o‘rinbosari Q.Mambetov islom dinining insonparvarlik, tinchlikparvarlik va bag‘rikenglik g‘oyalariga asoslangan asl mohiyati haqida atroflicha so‘z yuritdi.
Tadbir yakunida Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi xodimi, podpolkovnik S.Tanabergenov yoshlarni internet tarmoqlaridan xavfsiz va oqilona foydalanishga chaqirib, turli shubhali manbalar hamda buzg‘unchi chaqiriqlarga nisbatan doimo ogoh va hushyor bo‘lish muhimligini ta’kidladi.
Mazkur tadbir ishtirokchilarda ma’naviy-ma’rifiy bilimlarni mustahkamlash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhini yanada yuksaltirish hamda yoshlarning mafkuraviy immunitetini kuchaytirishga xizmat qildi.