Bolalarga mehr va eʼtibor ko‘rsatildi

01.06.2026 14 marta ko'rilgan

     Yurtimizda “Inson qadri uchun” ezgu g‘oyasi asosida bugun 1-iyun — “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti tomonidan ma’naviy-ma’rifiy hamda tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan tadbir tashkil etildi.

         Tadbirda institut boshlig‘ining Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, podpolkovnik Z.M.Aliyeva boshchiligida institut jamoasi vakillari hamda “Ichki ishlar organlari xodimlarini sud avtotexnika ekspertizasini o‘tkazish bo‘yicha” qayta tayyorlash o‘quv kursi tinglovchilari shahrimizning Bektemir tumanidagi 574-sonli ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarini bayram bilan tabriklashdi.

     Rang-barang o‘yinchoqlar, gullar va shodlikka to‘lgan musiqa tahsinlar bilan bugungi tadbirni yanada fayzli qilib ko‘rsatdi. Har bir bolajon, o‘zining eng sof xursandligini his qilib, o‘yinlar orasida chaqnagan yaxshiliklar bilan to‘ldirildi. Bu bayramona tadbir bolajonlarga unutilmas taassurotlar bag‘ishladi.

      Mazkur tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsadi bolalarni ma’naviy-ruhiy qo‘llab-quvvatlash, ularga mehr va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, Yangi O‘zbekistonda barcha yosh avlodni har tomonlama himoya qilishga qaratilgan ezgu g‘oyalarni keng targ‘ib etishdan iboratdir.