IIV Malaka oshirish institutida KOICA loyihasi doirasida ilmiy tadqiqot natijalari bo‘yicha oraliq hisobot tinglandi

29.05.2026 7 marta ko'rilgan

     O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA)ning “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida Simulyatsiyalashgan o‘quv markazini tashkil etish bo‘yicha salohiyatni oshirish” loyihasi doirasida Park Jae-Poong rahbarligidagi delegatsiya tomonidan ichki ishlar organlari xodimlarini tayyorlashga oid bosh reja yuzasidan amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot natijalari bo‘yicha oraliq hisobot berildi. 

   Uchrashuv davomida mazkur bosh rejani takomillashtirish va yakunlash masalalari yuzasidan mutaxassislar ishtirokida atroflicha muhokamalar o‘tkazildi.

      Shuningdek, delegatsiya aʼzolari institutda tashkil etilgan navbatdagi bitiruv tantanali tadbirida ham ishtirok etdilar.