Xizmat intizomi va qonunchilik talablariga rioya etishga bag‘ishlandi

20.05.2026 23 marta ko'rilgan

Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida “mayor” maxsus unvonini berish uchun maxsus malaka oshirish o‘quv kursi tinglovchilari bilan institut Kadrlar bo‘limi va vazirlik Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi ta’lim muassasalari bo‘yicha bo‘limi xodimlari tomonidan xizmat intizomi va qonunchilik talablariga rioya etishga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda tinglovchilarga xizmatga sovuqqonlik bilan qaramaslik, poraxo‘rlik va tamagirlik hamda korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, vakolatdan chetga chiqmaslik, fuqarolar bilan muloqotda xushmuomalada bo‘lish yuzasidan zaruriy tushuntirishlar berildi. Shundan so‘ng, “Zavol bo‘lgan umrlar” nomli film namoyish etildi.