Yoshlar maʼnaviyatiga bag‘ishlangan kitoblar yarmarkasi

14.05.2026 19 marta ko'rilgan

Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida “Yoshlar kuni” munosabati bilan tinglovchilar uchun kitoblar yarmarkasi tashkil etildi.

Yarmarka davomida ichki ishlar xodimlari uchun o‘qishi tavsiya etilgan badiiy adabiyotlar, tarixiy asarlar, huquqiy hamda maʼnaviy-maʼrifiy yo‘nalishdagi kitoblar namoyish etildi. Tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan kitoblar bilan yaqindan tanishib, mutolaa uchun zarur adabiyotlarni tanlab olish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Tadbir ishtirokchilari tomonidan kitob — inson maʼnaviyatini yuksaltiruvchi, bilim va tafakkurni boyituvchi eng yaqin hamroh ekani alohida taʼkidlandi.

Bu kabi maʼrifiy tadbirlar yosh avlodni intellektual salohiyatli, Vatanga sadoqatli va yuksak maʼnaviyatli kadrlar etib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.  Shuningdek, yoshlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltiradi, ularning maʼnaviy-maʼrifiy dunyoqarashini boyitadi hamda mutolaaga bo‘lgan qiziqishini yana-da oshiradi.