“Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam” piyoda yurish marafoni o‘tkazildi
Prezidentimiz tashabbusi bilan aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish maqsadida "Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam" loyihasi va marafonlari yurtimizning barcha hududlarida muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda.
Jumladan, bugun "Yoshlar kuni" munosabati bilan erta tongdan Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti rahbar xodimlari, yoshlar yetakchisi, xodim va tinglovchilari, Toshkent shahar Bektemir tumani hokimligi, tuman huquqni muhofaza qiluvchi organlari va keng jamoatchilik vakillari ishtirokida “Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam” shiori ostida piyoda yurish marafoni tashkil etildi.
Marafonni o‘tkazishdan maqsad — aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda jamoaviy hamjihatlik muhitini mustahkamlashdan iborat. Shuningdek, mazkur tadbir orqali xodimlarning salomatligini mustahkamlash, ruhiy tetiklik va xizmat faoliyati samaradorligini yana-da oshirish ko‘zda tutilgan.