“Ochiq eshiklar kuni” — yoshlar uchun vatanparvarlik va kasbga yo‘l
“Payshanba — yoshlar kuni” hamda 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Toshkent shahridagi 1-sonli IIV Akademik litseyi o‘quvchilari uchun IIV Malaka oshirish institutida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida, institut yoshlar yetakchisi, leytenant M.D. Mirkomilov hamda Jangovar va jismoniy tayyorgarlik sikli o‘qituvchisi, mayor X. O. Pardayevlar tomonidan taʼlim jarayonlari, moddiy-texnik baza va yaratilgan imkoniyatlar xususida maʼlumotlar taqdim etildi. Institut hududi bo‘ylab ekskursiya tashkil etilib, amaliy mashg‘ulot jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, Institut boshlig‘ining o‘rinbosari, podpolkovnik Zuhra Aliyeva bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotda yoshlarni qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar berildi.
Tadbir yoshlarda katta qiziqish uyg‘otib, ularda vatanparvarlik va kasbga hurmat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qildi.