Navbatdagi Ilmiy kengash muhokamasi

24.04.2026 25 marta ko'rilgan

Kuni kecha Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti majlislar zalida institut Ilmiy kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Uni institut boshlig‘i, Ilmiy kengashi raisi T.f.n., professor, polkovnik  Olimjon Axmedov olib bordi. Yig‘ilishda Ilmiy kengash aʼzolari, professor-o‘qituvchilar hamda ilmiy xodimlar ishtirok etdi.

Kun tartibiga qo‘yilgan masalalar bo‘yicha professor-o‘qituvchilar tomonidan taqdim etilgan darslik, o‘quv-uslubiy majmualar va o‘quv qo‘llanmalar muhokama etildi. Shuningdek, tegishli ixtisoslik bo‘yicha “dotsent” ilmiy unvonini olish uchun to‘plangan hujjatlarni muhokamasi va Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasiga tavsiya etish masalalari ko‘rib chiqildi.

Muhokamaga qo‘yilgan masalalar bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar to‘g‘risida qarorlar qabul qilindi.

Institut Matbuot xizmati