Xalqaro standartlar — huquqni muhofaza qilish faoliyatida muhim mezon

14.04.2026 26 marta ko'rilgan

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti professor-o‘qituvchilari va tinglovchilari bilan Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi vakillari ishtirokida “Huquqni muhofaza qilish organlarida xalqaro standartlar” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatida inson huquqlarini taʼminlash, xalqaro gumanitar huquq normalarini amaliyotga joriy etish, shuningdek, xizmat faoliyatida xalqaro standartlarga rioya qilish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Seminar ishtirokchilariga xalqaro tajriba va ilg‘or yondashuvlar yuzasidan maʼlumotlar taqdim etilib, o‘zaro fikrlar almashildi. Tadbir yakunida bu kabi hamkorlik aloqalarini yana-da rivojlantirish muhimligi taʼkidlandi.