Navbatdagi amaliy ishlar boshlandi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri va Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi tomonidan imzolangan muzokaralar bayoniga muvofiq Koreya milliy politsiya agentligining tegishli mutaxassislari iiv Malaka oshirish institutiga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida Uchrashuvda Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti boshlig‘i O.T.Axmedov, vazirlikning tegishli mutaxassislari va institut rahbariyati ishtirok etdi.
Uchrashuvda loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi, avtomobil simulyatorlari yuzasidan fikrlar almashildi va muhokama etildi.
Tomonlar rejalashtirilgan tadbirlarning samarali amalga oshirilishida barcha imkoniyatlarni ishga solinishi, shuningdek o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlashdan ikki tomon ham birdek manfaatdor ekanligi taʼkidlandi.
Institut Matbuot xizmati