Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining Olmaliq shahridagi o‘quv bazasida kasbiy tayyorgarlik fakulteti tinglovchilarining tantanali bitiruv tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda, Vazirlik masʼul xodimlari, Institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilari, jamoatchilik vakillari, ichki ishlar organlari faxriylari, ota-onalar va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
So‘zga chiqqanlar tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar ichki ishlar organlari zimmasiga yuklatilgan asosiy va zamon talablari asosida qo‘yilayotgan yangi vazifalarni samarali bajarilishini taʼminlay oladigan, xususan, ichki ishlar organlari xodimlaridan yuksak maʼnaviy, ahloqiy, kasbiy fazilatlarga ega bo‘lgan professional mutaxassis kadrlar bo‘lishni talab qilayotganligini taʼkidladi.
Bugungi kunda institutda “Yo‘l-patrul faoliyati”, “Patrul-post xizmati faoliyati”, “Pasport tizimini taʼminlash faoliyati”, “Maxsus operatsiyalarni amalga oshirish faoliyati”, “Jazoni ijro etish faoliyati” yo‘nalishlarida maxsus besh oylik dastur asosida belgilangan qabul kvotasi bo‘yicha kadrlar tayyorlanmoqda.
O‘quv mashg‘ulotlari vazirlik soxaviy xizmatlari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan o‘quv dasturlari asosida tashkil etildi. Nazariy va amaliy mashg‘ulotlar Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti professor-o‘qituvchilari va sohaviy xizmatlarning tajribali amaliyot xodimlari tomonidan nafaqat anʼanaviy usullarda, balki zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda interfaol usullarni qo‘llagan holda davra suhbati, bahs, munozara, seminar-trening, amaliy mashg‘ulot shakllarida olib borilyapti.
O‘qish davomida tinglovchilarning kasbiy, huquqiy, ijtimoiy-siyosiy, jangovar, jismoniy, ruhiy, tibbiy tayyorgarligini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratildi.
O‘quv dasturlari talablarini to‘liq o‘zlashtirigan, yakuniy sinov-imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan 227 nafar tinglovchilarga diplomlar tantanali ravishda topshirilib, ularga “kichik serjant” maxsus unvoni berildi.
Shuningdek, o‘quv kursi davomida o‘zining kasbiy, bilimlarini oshirish, amaliy ko‘nikmalarini takomillashtirish, dunyoqarashini yanada kengaytirishga intilib, yuqori ko‘rsatkichlarga erishgani va namunali xulqi uchun bir guruh tinglovchilar faxriy yorliq bilan taqdirlandi.
Institut Matbuot xizmati