35-yillik arafasida yangi elektron otish tiri ishga tushirildi

07.09.2026 21 marta ko'rilgan

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida Vatanimiz mustaqilligining 35-yilligi arafasida zamonaviy elektron otish tirining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Yangi majmua ichki ishlar organlari xodimlarining jangovar va amaliy tayyorgarligini yanada takomillashtirish, kasbiy mahoratini yuksaltirish hamda zamonaviy texnologiyalar asosida mashg‘ulotlarni samarali tashkil etishga xizmat qiladi.

Yangi imkoniyatlar — yuksak kasbiy mahorat va munosib xizmat sari muhim qadam!