“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida mamlakatimiz mustaqilligining 35-yilligi munosabati bilan tantanali bayram tadbiri hamda boshlang‘ich kasbiy tayyorgarlik o‘quv kursi tinglovchilarining qasamyod qabul qilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilar va xodimlar ishtirok etdi.
Institut boshlig‘i, polkovnik Olimjon Axmedov tomonidan bayram munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri hamda Institut boshlig‘ining buyruqlari asosida rag‘batlantirilgan xodimlarga mukofotlar tantanali ravishda topshirildi.
Tadbirning eng hayajonli va mas’uliyatli lahzasi — boshlang‘ich kasbiy tayyorgarlik o‘quv kursi tinglovchilarining qasamyod qabul qilish marosimi bo‘ldi.
Ular Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish, Konstitutsiya va qonunlarga qat’iy rioya etish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, zimmalariga yuklatilgan vazifalarni halol va vijdonan bajarishga tantanali ravishda qasamyod qildilar.
Qasamyod — har bir ichki ishlar xodimi uchun sharafli burch va yuksak mas’uliyat ramzi. Ushbu tantanali lahza tinglovchilar qalbida Vatanga muhabbat, kasbga sadoqat va xalq manfaatlariga xizmat qilish tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.